09.02.2023
2023-yil 9-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyida she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi munosabati bilan ochiq dars bo'lib o'tdi. O'quvchilar dars mobaynida buyuk adibning hayoti, adabiy merosi bo'yicha ko'plab muhim ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
O'quvchilar tomonidan Navoiyning ga'zal va ruboiylaridan namunalar aytildi.