Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

SENTABR OYI PEDAGOGIK KENGASH YIG‘ILISHI KUN TARTIBI

SENTABR OYI PEDAGOGIK KENGASH YIG‘ILISHI KUN TARTIBI

28.09.2026

foreign

   Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida sentabr oyida Pedagogik kengash yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yig‘ilish davomida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilar bilan ishlash, bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda yangi o‘quv yiliga qabul jarayonlarini tashkil etish masalalari muhokama qilinadi.

Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

  1. Pedagogik Kengash qarorlarining bajarilishi va ijrosi tahlili.
    Mas’ul: Pedagogik kengash kotibasi.

  2. “Ustoz va murabbiylar” kuniga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish yuzasidan axborot.
    Mas’ullar: YOBIBD o‘rinbosari, “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti rahbari.

  3. 2025–2026-o‘quv yili bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirishi va ularning bandligini ta’minlash to‘g‘risida axborot.
    Mas’ul: O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

  4. 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul bo‘yicha “Maslahat guruhi”ning hisoboti.
    Mas’ul: Akademik litsey direktori.

  5. Akademik litsey va DTM hamkorligida bitiruvchilarni oliy o‘quv yurtlariga sifatli tayyorlash yuzasidan axborot.
    Mas’ullar: Direktor o‘rinbosarlari.

  6. Turli masalalar.