Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

“Rahbar ayoldan – lider qizlarga: muvaffaqiyat siri, ilhom va motivatsiya”

“Rahbar ayoldan – lider qizlarga: muvaffaqiyat siri, ilhom va motivatsiya”

12.11.2026

foreign

        2026-yil 12-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida o‘quvchi qizlar ishtirokida “Rahbar ayoldan – lider qizlarga: muvaffaqiyat siri, ilhom va motivatsiya” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda akademik litsey direktori O.S. Mannopova hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida 30 yildan ziyod samarali faoliyat yuritgan, “1-darajali maslahatchi” diplomatik darajasi sohibasi Sh.J. Zakirova ishtirok etdilar.
Tadbir davomida mehmon tomonidan diplomatik faoliyatdagi ko‘p yillik tajriba, kasbiy muvaffaqiyatga erishish omillari, yetakchilik fazilatlari, maqsad sari intilish va zamonaviy qizlarning jamiyatdagi o‘rni haqida qimmatli fikr va tavsiyalar bildirildi.
Uchrashuv o‘quvchi qizlarda o‘ziga ishonch, tashabbuskorlik, liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish, kelajakdagi kasbiy maqsadlarini belgilash hamda yuksak marralar sari intilishlariga motivatsiya berishga xizmat qildi.