Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

JIDU AKADEMIK LITSEYI VA O‘ZBEK-FRANSUZ UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK ALOQALARI MUHOKAMA QILINDI

JIDU AKADEMIK LITSEYI VA O‘ZBEK-FRANSUZ UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK ALOQALARI MUHOKAMA QILINDI

13.11.2026

foreign

     2026-yil 13-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida O‘zbek-Fransuz universiteti rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbek-Fransuz universiteti rektori Nurmuhammad Yusupov, birinchi prorektori Aleks Bortolan hamda o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha prorektori Azizbek Mardonov ishtirok etdilar.
Muloqot davomida ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvning ikkinchi qismida akademik litsey o‘quvchilari uchun O‘zbek-Fransuz universiteti faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot tashkil etildi. Taqdimot davomida universitetning ta’lim yo‘nalishlari, qabul jarayonlari, o‘qish tartibi, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda xalqaro ta’lim muhitiga oid ma’lumotlar berildi.
Mazkur uchrashuv o‘quvchilarning oliy ta’lim muassasalari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, kelajakdagi ta’lim yo‘nalishlarini ongli tanlash hamda ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.