17.11.2026
“Bayrog‘imiz — faxrimiz” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida 2026-yil 17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 35 yilligi munosabati bilan “Bayrog‘imiz — faxrimiz” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Unda yuridik fanlar doktori, dotsent, “Adliya a’lochisi” J. Abdullayev ishtirok etib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladilar.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, Vatan va davlat ramzlariga bag‘ishlangan she’rlar namoyish etildi.
Mazkur tadbir o‘quvchilarda milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, davlat ramzlariga hurmat va ehtiromni mustahkamlashga xizmat qildi.