22.11.2026
2026-yil 21-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi delegatsiyasi Yaponiyadagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi diplomatlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, ta’lim sohasidagi hamkorlik, ikki mamlakatning ta’lim muassasalari o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish hamda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur tashrif o‘quvchilarning xalqaro munosabatlar, diplomatiya va Yaponiya madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Shuningdek, delegatsiya Yaponiyaning mashhur Odayba oroliga ham tashrif tashkil etildi. Tashrif davomida o‘quvchilar ushbu hududning zamonaviy infratuzilmasi, diqqatga sazovor maskanlari hamda Yaponiyaning innovatsion texnologiyalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Odayba oroliga uyushtirilgan sayohat o‘quvchilarda Yaponiya hayoti, zamonaviy shaharsozlik madaniyati va mamlakatning texnologik taraqqiyoti haqida yanada kengroq tasavvur hosil qilishga xizmat qildi.