Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

JIDU akademik litseyi va Hyogo universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi

JIDU akademik litseyi va Hyogo universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi

25.11.2026

foreign

     2026-yil 23-noyabr kuni JIDU akademik litseyi delegatsiyasi Yaponiyaning Hyogo prefekturasida joylashgan Kobe shahriga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad JIDU akademik litseyi va Hyogo universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ta’lim sohasida o‘zaro tajriba almashish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida JIDU akademik litseyi direktori O.S.Mannopova va Hyogo universiteti rektori o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandum ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida akademik hamkorlikni mustahkamlash, o‘quvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’limiy loyihalar hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Hyogo universitetining ta’lim imkoniyatlari, zamonaviy infratuzilmasi, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xalqaro ta’lim dasturlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, JIDU akademik litseyi o‘quvchilari Hyogo universitetida tashkil etilgan mahorat darslarida ishtirok etib, yaponiyalik talabalar bilan o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.
Mazkur tashrif JIDU akademik litseyining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va o‘quvchilar uchun xorijiy ta’lim imkoniyatlarini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.