25.11.2026
“NABIRAMGA MAKTUB” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR
2026-yil 25-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida o‘quvchilar ishtirokida “Nabiramga maktub” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning suyukli nabirasi Shavkatbekka yo‘llagan maktubining mazmun-mohiyati o‘quvchilarga tushuntirildi.
Maktubda ilgari surilgan Vatanga muhabbat va sadoqat, ajdodlar merosiga hurmat, ilm-ma’rifatga intilish, vaqtni qadrlash, mehnatsevarlik, insoniylik va milliy qadriyatlarga sodiqlik kabi g‘oyalar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir yosh avlodni vatanparvarlik, yuksak ma’naviyat, milliy an’analarga hurmat va ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.