11.02.2023
Jamiyatimizda olima ayollar - xalqimizning oltin fondidir. Davlat rahbarining olima ayollar haqida “chinakam matonat va jasorat sohiblari “ deb e’tirof etishlari ham bejiz emas.
Joriy yilning 11-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan “Toshkent shahar Olima ayollar va lider qizlar forumi” bo‘lib o‘tdi. Forum Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Toshkent shahar “Olima” ayollar uyushmasi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamkorligida tashkil etildi. Anjumanda professor-olimalar: E.S. Sultonova, X. E. Shayxova, M.S.Abdullayeva , Sh.T.Ergasheva o‘z ma’ruzalarida ayollarning jamiyatda tutgan o‘rni, ularning iqtisodiyot, siyosat, fan, ta’lim, madaniyat sog’liqni saqlash, huquqshunoslik, sohasi rivojiga qo’shgan salmoqli hissalari, prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning xotin-qizlar hayotida tutgan o‘rni haqida ta’kidlab o‘tdilar. JIDU akademik litseyining malakali pedagog-xodimlari ham ushbu anjumanda ishtirok etishdi.
JIDU “Besh muhim tashabbus” markazi rahbari filologiya fanlari falsafa doktori Sh.Y. Shokirova hamda akademik litseyning yoshlar yetakchisi I. Rustamova tomonidan akademik litseydagi “Lider qizlar” klubi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqildi.