14.02.2023
Joriy yilning 14-fevral kuni buyuk o‘zbek shoiri va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan JIDU akademik liseyida IGR1-22 va IGR2-22 guruhlari o‘quvchilari o‘rtasida "Bobur ijodi bilimdonlari" mavzusida viktorina o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilar buyuk shoir va sarkardaning hayoti va ijodi borasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qiziqarli o‘tgan bellashuv natijasiga ko‘ra IGR2-22 guruhi o‘quvchilari g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.