17.02.2023
Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Bu – yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini o‘z ichiga oladi.
2023-yilning 17-fevral kuni akademik litseyimizda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “5 tashabbus markazi” rahbari, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shokirova Shoxida Yusupovna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish uchun besh muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etishi, uning mazmun mohiyati tushuntirildi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda besh tashabbus doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan kelishib olindi.