09.02.2023
Joriy yilning 9- fevral kuni JIDU akademik litseyining IGR2-22 guruhi o'quvchilari buyuk bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot va san'at muzeyiga tashrif buyurib, "Barhayot siymo" mavzusida ochiq dars o'tishdi. Muzeydagi eksponatlar, qadimgi qo'lyozmalar, arxitektura maketlari bilan ko'rgazmalilik asosida darslarni tashkil etish o'quvchilarda o'sha davr muhitini, nafasini yaqqol his etishlariga turtki bo'ladi. Darsni litseyimizning ona tili va adabiyot fani oqituvchisi Go'zal Mamedova olib bordi. Darsda o'quvchilar Alisher Navoiy hayoti va ijodi , hassos shoir, davlat arbobi va buyuk diplomat sifatida faoliyati haqida keng ma'lumotga ega bo'ldilar. O'quvchilar Navoiy ijodiga mansub g'azal va ruboiylaridan namunalar yod olib, buyuk shoirning ijod sarchashmalaridan bahramand bo'ldilar.