Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Akademik litseyimizda Abu Rayhon Beruniy tavalludiga bag’ishlangan tadbir joriy yilning 18-fevral sanasida bo‘lib o‘tdi.

Akademik litseyimizda Abu Rayhon Beruniy tavalludiga bag’ishlangan tadbir joriy yilning 18-fevral sanasida bo‘lib o‘tdi.

18.02.2023

foreign

2022-yilning 25-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-361-sonli qarori qabul qilingan edi.

Hujjatda o‘zining noyob asarlari hamda olamshumul kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir va qomusiy olim, Ilk Renessans davrining yorqin namoyandasi Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-maʼrifiy merosini yanada chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borayotgan yetakchi xalqaro ilmiy markazlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish, shuningdek, buyuk olim tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda nishonlash vazifalari tasdiqlangan.

Akademik litseyimizda Abu Rayhon Beruniy tavalludiga bag’ishlangan tadbir joriy yilning 18-fevral sanasida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘quvchilarimiz buyuk mutafakkir va qomusiy olimning hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosi haqida badiiy chiqishlar, devoriy gazetalar, bukletlar orqali ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.