Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Joriy yilning 22-fevral sanasida akademik litseyimizda “Nazm ahlining sarxayli” mavzusidagi o'tkazilgan adabiy-badiiy anjuman ham Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag'ishlandi.

22.02.2023

foreign

Mana oradan besh asrdan ortiq vaqt o'tibdiki ulug' mutafakkir bobolarimiz, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma'naviy merosi butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ong-u shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelmoqda. Shu kunlarda yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 582 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlanmoqda.

Joriy yilning 22-fevral sanasida akademik litseyimizda “Nazm ahlining sarxayli” mavzusidagi o'tkazilgan adabiy-badiiy anjuman ham Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag'ishlandi.

Anjumanda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Abdumurod Tilavov hamda ushbu universitet doktoranti, shoir, navoiyshunos olim Akrom Malik ishtirok etdilar. 

Olimlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur merosi haqida atroflicha ma’lumot berdilar, falsafiy-ma’rifiy izlanishlari xususida gapirib berdilar.

Tadbirda o‘quvchilar tomonidan turli tillarda Navoiy va Bobur g’azallari yoddan aytildi. Anjumanda faol qatnashgan o‘quvchilarga ijodkorlar tomonidan yozilgan badiiy asarlar sovg’a qilindi.