15.03.2023
Joriy yilning 15-mart kuni Goethe institutida PASCH hamkorlik doirasida JIDU akademik litsey o'quvchilari va Germaniyaning Marburg universiteti talaba yoshlari o'rtasida fikrlar almashinuvi bo'lib o'tdi. Tadbirda JIDU akademik litsey o'quvchilari Germaniyadan tashrif buyurgan talabalarga O'zbekistonning ta'lim tizimi, san'ati, bayram-an'analari, urf-odatlari haqida ma’lumot berdilar. Germaniyalik talabalar ham o'z o'rnida Germaniyada o'qish imkoniyatlari, shart-sharoitlari haqida taqdimot namoyish etdilar. Turli mavzularda fikrlar almashildi.