29.03.2023
Xorijiy tillarni o‘rganish insonga yangi madaniyat, bilim va yangi do‘stlar bilan tanishish, muloqotga kirishish hamda dunyoqarashni o‘stirishda yordam beruvchi eng yaxshi vosita. Ammo yangi tillarni o‘rganish anchayin murakkab jarayon va hamma ham bu murakkabliklarni yengib o‘tolmaydi.
Joriy yilning 28-mart kuni JIDU AL o‘quv markazi tashabbusi bilan tashkil qilingan IELTS imtihoni ko‘nikmalariga bag’ishlangan mashg’ulotlar yuqori saviyada o‘tdi.
Bugungi mashg’ulot LISTENING (Eshitish) ko‘nikmasiga bag’ishlangan bo‘lib, uni IELTS imtihonidan 8.5 ball natija qayd etgan AFR2-21 guruhi o‘quvchisi Fayzullayeva Alloma tomonidan o‘ziga xos uslubda o‘quvchilarga tushuntirildi. Mashg’ulot so‘ngida o’quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Eslatib o‘tamiz, Fayzullayeva Alloma 2021-2022 o‘quv yilida “Litseyimiz faxri” stipendiyasi sovrindori bo‘lgan.