31.03.2023
Bugungi kunda mulkni firibgarlik yoʻli bilan talon-taroj qilish oʻzgalar mulkini talon-taroj qilishning nisbatan koʻp tarqalgan turi boʻlib hisoblanadi. Hozirgi kunda firibgarlikning umumiy dinamikasi, uning koʻrinishlari koʻpayib borayotganligi ham mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi. Undan tashqari, hayot kechirish uchun zarur mablagʻlarni odamlarni aldash yoʻli bilan topayotgan shaxs faqat jinoyatchi sifatida xavfli boʻlmay, uning qilmishi tufayli davlatga, fuqarolarga moddiy zarar yetkazilishi bilan bir qatorda, firibgarlik oqibatlari aholiga, ayniqsa yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Unda Toshkent shahar IIV bosh boshqarmasi Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasining kiber jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi katta inspektori podpolkovnik Xikmatullayev Shuhrat, bo‘lim inspektori kapitan Ischanov Sherzod va profilaktika katta inspektori Boymatov Shahzod ishtirok etdilar.
Uchrashuvda o‘quvchi-yoshlarga turli firibgarlik aldovlariga tushib qolmaslik bo‘yicha bir qancha foydali maslahatlar hayotiy misollar bilan tushuntirildi.
Tadbir so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.