02.05.2023
Joriy yilning 30-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida «Osh festivali» tanlovi o‘tkazildi. Tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Yangi O‘zbekiston universiteti, Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkentdagi filiali hamda JIDU akademik litseyi vakillari ishtirok etishdi.
«Osh festivalini» o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarni milliy taomimiz bo‘lmish palovni tayyorlash usullari bilan yaqindan tanishtirish, uni tayyorlash an'analari, usullarini targ'ib qilish, musobaqada ishtirok etuvchilar, muxlislar hamda taklif etilgan mehmonlarga madaniy hordiq chiqarish imkonini yaratish edi.
Musobaqa yakuni bo'yicha JIDU akademik litseyi vakili Abduvahob Qahramonov (AF4-21) mutlaq g'oliblikni qo‘lga kiritdi. G'oliblar diplomlar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.