Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Shoxruh Qo‘chqorov JIDU besh muhim tashabbus markazida olib borilayotgan ishlar, Yoshlar parlamenti, uning maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Shoxruh Qo‘chqorov JIDU besh muhim tashabbus markazida olib borilayotgan ishlar, Yoshlar parlamenti, uning maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

05.05.2023

foreign

Prezidentimiz ilgari surgan besh muhim tashabbus o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashga qaratilgani bilan g‘oyat ahamiyatli.

Mamlakatimizda yosh avlodni ma’naviy barkamol inson etib tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, ularning san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha beshta muhim tashabbus doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

JIDU akademik litseyida ham besh muhim tashabbus doirasida rejaga muvofiq bir qancha tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu borada JIDU Besh muhim tashabbus markazi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

          Akademik litsey o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuv Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 3-bosqich talabasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Shoxruh Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakili Xurshid Sherxonov ishtirokida bo‘ldi.

          Shoxruh Qo‘chqorov JIDU besh muhim tashabbus markazida olib borilayotgan ishlar, Yoshlar parlamenti, uning maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Tadbir so‘ngida o‘quvchilar o‘z savollariga javob oldilar.