Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S.Safoev tomonidan 2023 yilning 12-may kuni akademik litsey o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari uchun “Rektor soati” o‘tkazildi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S.Safoev tomonidan 2023 yilning 12-may kuni akademik litsey o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari uchun “Rektor soati” o‘tkazildi.

12.05.2023

foreign

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 3 dekabrdagi PQ-4910 sonli qarori 10-bandida akademik litseylarda oliy ta'lim muassasasi rektori tomonidan akademik litsey xodimlari va o‘quvchilari ishtirokida "Rektor soati" o‘tkazib borilishini tashkil qilish ko‘zda tutilgan. Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi orinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S.Safoev tomonidan 2023 yilning 12-may kuni akademik litsey o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari uchun “Rektor soati” o‘tkazildi.

Tadbirda S.Safoyev yangi tahrirdagi konstitutsiya, undagi o‘zgarishlar bo‘yicha o‘quvchilarga atroflicha ma’lumot berdi. Bugungi murakkab va tahlikali davrda Ozbekistonning tashqi siyosati, iqtisodiyotning osishi, bugungi kunda yoshlarning jamiyatimizdagi orni va ularning oldiga qoyilgan muhim vazifalar haqida gapirib otdi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.