14.05.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3-dekabrda qabul qilingan “Iqtidorli yoshlarni saralab olish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4910-sonli qaroriga muvofiq joriy yilning 14-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida Toshkent shahrida joylashgan umumta’lim maktablarining 8-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasi o‘tkazildi.
2000dan ziyod 8-9 sinf o‘quvchilari qatnashgan mazkur olimpiadada ishtirokchilar huquqshunoslik, ingliz tili, matematika fanlari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Fan olimpiadasi natijalari akademik litsey rasmiy sayti aluwed.uz va telegram kanali t.me/aluwed_uz orqali e’lon qilinadi.