03.08.2023
Goethe institutining "Maktablar: Kelajak hamkorlari" (PASCH) tashabbusi doirasida JIDU akademik litseyining 3 nafar stipendiya g'oliblari Il'yaxina Zlata, Zaitov Alisher va Nilufar Ashurovalar Germaniyaning Myunxen shahrida bo'lib o'tadigan yozgi kurslarda ishtirok etish uchun yo'llanmani qolga kiritdilar. 3 hafta davom etadigan kurs mobaynida o'quvchilar nemis tilini o'rganish bilan birgalikda turli madaniy-ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etmoqdalar. Shuningdek, JIDU akademik litsey o‘qituvchisi Zakirova Nargiza Germaniyaning Göttingen shahrida bo‘lib o‘tadigan malaka oshirish kurslarida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Malaka oshirish kursida ishtirokchilar yoshlarga nemis tilini samarali oqitishning uslubiy - didaktik tamoyillari, til o‘qitishning noan'anaviy uslublari haqida yaqindan tanishadilar.