Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Giyohvandlikka qarshi kurash – davr talabi

Giyohvandlikka qarshi kurash – davr talabi

12.10.2024

foreign

2024-yil 10 oktaybr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Аkademik litseyida “Giyohvandlikdan saqlaning mavzusida Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi  hodimlari – surishtiruv va ma`muriy amaliyot bo`limi bosh inspektori Dilafruz Mahkamova, kontrabandaga qarshi kurash bo`limi katta tezkor inspektori Valijon Ubaydullaev ishtirokida davra suhbati boʻlib o`tdi.

Tadbir davomida huquqni muxofaza etuvchi idora vakillari o`z ma`ruzalarida hozirgi vaqtda giyohvandlik balosi insoniyat hayotiga jiddiy xavf solayotgani, O`zbekistonda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi zarur chora tadbirlar amalga oshirilayotgani, aholi o`rtasida  bunday salbiy holatlarni oldini olish uchun kerakli tashviqot ishlari olib borilayotgani hususida atroflicha ma`lumot berdilar. Asosiy e`tibor o`sib kelayotgan yosh avlodni shunday zararli va havfli illatlar ta`siriga tushib qolishdan himoya qilish zarurligiga qaratildi, amaliyotdan yorqin misollar keltirildi, Аkademik litsey o`q`uvchilari bu masalada doim hushyor bo`lishlari kerakligi  ta`kidlandi.           

Davra suhbati chog`ida ichki ishlar idoralari tomonidan tayorlangan “Giyohvandlik umr zavoli videofilmi namoyish etildi.

Uchrashuvda oʻquvchilar oʻzlari qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.