24.10.2024
2024 yilning 23 oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Akademik litseyida «Huquqiy bilimlar oyligi» doirasida II bosqich o`quvchilari ishtirokida 27-oktyabrda o‘tkaziladjgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi oldidan «Saylov - demokratiya ko'zgusi» mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.
Tadbirda JIDU professori, siyosatshunoslik fanlari doktori E`tibor Sultanova qatnashib, saylovlar xalqning davlat hokimiyati bilan qayta aloqasini ko‘rsatib turadigan keng qamrovli, ko‘p bosqichli muhim siyosiy jarayon ekanligini ta’kidladi.
27-oktyabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosida o‘tishiga, yangi saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e`tibor qaratildi.
O`quvchilar maxsus tayorlangan slaydlar asosida saylovda ishtirok etadigan siyosiy partiyalarning saylovodi dasturlari bilan tanishtirildi.
Mavzu yuzasidan o`quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar va tegishli javoblarga ega bo'ldilar.