Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

«Kiberjinoyat – global muammo»

«Kiberjinoyat – global muammo»

11.11.2024

foreign

2024-yil 7-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Аkademik litseyi o’quvchiari universitet talabalari bilan JIDU kinozalida Kiberjinoyatlar va ularning salbiy oqibatlarimavzusida o’tkazilgan qo’shma profilaktik tadbirda ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani kiberxavfsizlik bo’limi boshlig`i Doniyior Tursunov, «Turonbank» aktsiyadorlik tijorat banki boshqaruv raisi maslahatchisi  Shoxrux Qo’chqorov   o’quvchilarga kiberjinoyatning asosiy tushunchalari, turlari, o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan kiber-jinoyatlar, onlayn o‘yinlar orqali sodir bo‘layotgan voqyealar to‘g‘rsida atroflicha tushuntirishlar va  ma’lumotlar berdilar.

Мamlakatimizda sodir etilayotgan kiberjinoyatlar ko‘p hollarda bank plastik kartalari bilan bog‘liq bo‘lib, bu orqali fuqarolarga moddiy zarar yetkazilayotgani,  o`quvchiar ushbu masalada nihoyat ogox bo’lishlari kerakligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Tadbirda faol ishtirok etgan o’quvchiar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.