Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Maqsadimiz - ekologik bilimlarni mustahkamlash

Maqsadimiz - ekologik bilimlarni mustahkamlash

07.11.2024

foreign

2024-yil 7-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Аkademik litseyida yaponiyalik tadqiqotchi Takayoshi Kato ishtirokida «Iqlim o’zgarishiga chidamlilikni oshirish - rivojlanayotgan iqtisodiyotlar oldida turgan muhim vazifa» mavzusida davra suhbati boʻlib o’tdi.

Tadbir davomida T.Kato o’quvchilarga iqlim o‘zgarishi, global isish, atmosfera havosining ifloslanishi, shuningdek, ozon qatlamining yemirilishi bilan bo‘gliq masalalar Markaziy Osiyo davlatlari, hususan O`zbekiston oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri ekani, mintaqada iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish va uning oqibatlarini yumshatishda erta ogohlantirish tizimlarining muhim o‘rni hususida atroflicha ma`lumotlar berdi. Yaponiyalik olim bu yo’nalishda halqaro hamkorlikni kuchaytirish, mamlakatlar orasida ilmiy izlanishlar olib borish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.

Uchrashuvda oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.