19.11.2024
2024-yil 18-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Akademik litseyida oʻqituvchi va oʻquvchilar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan “Millat bayrogʻi bilan faxrlanamiz” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda JIDU halqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi boshligʻi Rahima Yusufalieva va mazkur kafedra dotsenti Zarina Isroilova oʻz ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
R.Yusuvalieva oʻz chiqishida mamlakat va jamiyat taraqqiyoti hamda uning barqarorligida davlat ramzlarining alohida oʻrni, 1991-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonuning tarixiy ahamiyati xususida gapirdi.
Z.Isroilova oʻz nutgida davlat bayrogʻi millatning birligi, mustaqillik timsoli sifatida har bir xalqning orzu-istaklarini, umidlarini, kelajakka boʻlgan ishonchini oʻzida ifoda etishi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻida milliy-tarixiy an’analarimiz, uzoq oʻtmishga borib taqaladigan boy madaniyatimiz, poklik begʻuborlik, yaxshilik, donishmandlik va sadoqat kabi buyuk fazilatlarimiz oʻz ifodasini topgani toʻgʻrisida soʻz yuritdi.
Tadbir chogʻida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar, Oʻzbekiston Respublikasi davlatchiligi asoslari borasidagi bilimlarini boyitdilar.