Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

“Vatan himoyasi muqaddas burch” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi

“Vatan himoyasi muqaddas burch” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi

21.01.2025

foreign

Oʻzbekiston Respublikasi  Qurolli  Kuchlari  tashkil  etilganligining  33  yilligi  hamda Vatan himoyachilari kuni  bayrami munosabati bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2025-yil 17 yanvar kuni tashkil qilingan «Vatan himoyasi-muqaddas burch» mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbirda Akademik litsey o‘quvchilari ham ishtirok etdilar.

Tadbir davomida JIDU talabalari va Akademik litsey o‘quvchilari tomonidan Vatanni asrash, vatanparvarlik mavzusining ahamiyatini aks ettiruvchi turli sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi. Jumladan, Akademik litsey  IG2-24 guruhi o‘quvchisi Diyora Karimova va AFR2-24 guruhi o‘quvchisi Lobar Nu’monovalar Vatan himoyachilariga bag‘ishlab she’rlar o‘qib berishdi.

Shuningdek, Universitet hududida zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbir yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, Vatan himoyachilariga nisbatan hurmat ruhini yanada oshirishga xizmat qildi.