Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

2025-yilning 27-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Akademik litseyi 1-bosqich oʻquvchilari bilan “Rektor soati” tadbiri boʻlib oʻtdi.

2025-yilning 27-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Akademik litseyi 1-bosqich oʻquvchilari bilan “Rektor soati” tadbiri boʻlib oʻtdi.

27.09.2025

foreign

         2025-yilning 27-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Akademik litseyi 1-bosqich oʻquvchilari bilan “Rektor soati” tadbiri boʻlib oʻtdi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari, universitet rektori S.Safoyev oʻz  nutqida  1-bosqich oʻquvchilarini Akademik litseyga oʻqishga qabul qilinganliklari bilan tabriklab, ularning oldiga zamonaviy bilim va koʻnikmalarni qunt bilan egallash, oʻz intellektual salohiyatlarini yanada oshirish, tanqidiy va kreativ fikrlashni oʻrganish kabi qator vazifalarni qoʻydi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 sonli qaroriga muvofiq 2024-2025-oʻquv yilida barcha fanlarni “a’lo” baholarga oʻzlashtirgan, fan olimpiadalari, koʻrik-tanlovlar hamda sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan, jamoat ishlarida faol qatnashgan 8 nafar oʼquvchi rektor tomonidan “Akademik litsey iftixori” stipendiyasi bilan taqdirlandi. 
Shuningdek, 2025-yilda akademik litseyni tamomlab, eng yuqori 189 ball bilan davlat granti asosida JIDU talabasi bo‘lgan 5 nafar bitiruvchilarga esdalik sovg‘alar hamda 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan o‘quv yili davomida samarali faoliyat olib borgan 10 nafar o‘qituvchilarga “Faxriy yorliq”lar topshirildi.