20.10.2025
21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ommaviy diktant tadbiri bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasida 21-oktyabr sanasi – "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan akademik litseyda ham ommaviy diktant tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir o‘zbek tilini yanada targ‘ib qilish, fuqarolarning yozma savodxonligini aniqlash va mustahkamlash, hamda davlat tiliga bo‘lgan hurmatni oshirish maqsadida o‘tkazildi. Tadbirda barcha o‘qituvchilar va o‘quvcilar faol qatnashdilar.