28.10.2025
2025-yil 28-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida “Internet maydonidagi maʼnaviy tahdidlar, kiberjinoyatchilik va ularga qarshi kurashning usullari” mavzusida Ichki ishlar xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirni akademik litsey ijrochi direktori O.Mannopova kirish so‘zi bilan ochdi va ushbu davra suhbatining maqsadi haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, tadbirda Mirzo Ulugʻbek tumani Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Axborot texnologiyalari sohasida jinoyat oldini olish boʻlimi inspektori, katta leytenant J.Narzullayev, Mirzo Ulugʻbek tumani profilaktika katta inspektori, katta leytenant Sh.Boymatovlar ishtirok etdi hamda yoshlar orasida internet tarmogʻida tarqalayotgan turli yot gʻoyalar, kiberjinoyatchilik va diniy ekstremizm xavflariga qarshi ongli munosabatni shakllantirish, o‘quvchilarni bu kabi xavflardan ogoh bo‘lishi to‘g‘risida ma’ruza qildi.