Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

“Millat genafondi va yoshlar salomatligini himoya qilish: giyohvandlikka qarshi ustuvor yo‘nalishlar”

“Millat genafondi va yoshlar salomatligini himoya qilish: giyohvandlikka qarshi ustuvor yo‘nalishlar”

16.12.2025

foreign

        2025-yil 11-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Millat genafondi va yoshlar salomatligini himoya qilish: giyohvandlikka qarshi ustuvor yo‘nalishlar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning oldini olish, millat genafondini asrash hamda kelajak avlod salomatligini mustahkamlashga qaratildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis senati raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori S.Safoev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huziridagi narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori R.Mamatov,  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh narkologi Z.Ashurov ishtirok etdi.  Tadbirda mutaxassislar tomonidan giyohvandlikning jamiyat va inson salomatligiga salbiy ta’siri, uning ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy oqibatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni zararli odatlardan himoyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom hayot tarzini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Talaba-yoshlar tadbirda faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Tadbir yoshlar ongida sog‘lom hayotga intilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 
Talaba-yoshlar tadbirda faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.