17.12.2025
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida kafedra haftaliklari doirasida Tillar kafedrasi o‘qituvchilari tashabbusi bilan 2025 yil 16 dekabr kuni “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovning asosiy maqsadi o‘quvchilar orasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, badiiy va ilmiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, shuningdek, ularning nutqiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Yakuniy bosqichda saralash bosqichlarida faol ishtirok etgan eng iqtidorli o‘quvchilar bellashib, o‘qilgan asarlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari, tahlillari hamda savol-javoblar orqali bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar. Tanlov ishtirokchilari Tillar kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tanlov barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.