09.01.2026
Joriy yilning 9-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida O‘zbekiston Milliy universiteti “Xorijiy filologiya” fakulteti dekani, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) H.Bakiyev ishtirokida o‘qituvchilar uchun seminar tashkil etildi.
Seminar “O‘qib tushunish malakasini baholashning nazariy asoslari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda o‘qib tushunish kompetensiyasini shakllantirish va baholashning zamonaviy yondashuvlari, xalqaro tajriba hamda baholash mezonlari atroflicha yoritib berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar, amaliy misollar asosida fikr almashdilar. Seminar o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Bunday ilmiy-amaliy seminarlar ta’lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.