Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

“Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri”

“Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri”

16.01.2026

foreign

        Joriy yilning 15-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

         Mazkur tadbirda  akademik litsey direktori O. Mannopova, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy psixologiya va pedagogika kafedrasi professorlari D. Abduraximova va T. Burxanov, shuningdek, harbiy orkestr ishtirok etdi.

         Tadbir davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan harbiy sohadagi islohotlar, Yangi O‘zbekiston armiyasining mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni, Vatan himoyachilarining sharafli va mas’uliyatli burchi haqida atroflicha so‘z yuritildi. Professorlar tomonidan yoshlar ongida vatanparvarlik, fidoyilik va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan mazmunli ma’ruzalar o‘qildi.

         Harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar tadbirga alohida fayz bag‘ishlab, ishtirokchilarda milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada oshirdi.

          Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoshlarda Vatan himoyachilariga bo‘lgan hurmat va ehtiromni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.