Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

“Ikki buyuk siymo — ikki buyuk meros” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi

“Ikki buyuk siymo — ikki buyuk meros” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi

11.02.2026

foreign

        2026 yil 11 fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya akademik litseyida g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Ikki buyuk siymo — ikki buyuk meros” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

        Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori (DSc), boburshunos Rahmatov Yo‘ldosh hamda institut dotsenti, navoiyshunos Raxmanova Zulayho Jamalovna o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

       Mutaxassislar tomonidan Alisher Navoiyning o‘zbek adabiy tilini rivojlantirishdagi beqiyos o‘rni, uning boy adabiy merosi va ma’naviy-axloqiy qarashlari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, Zahiriddin Muhammad Boburning serqirra ijodi, davlat arbobi va sarkarda sifatidagi faoliyati, “Boburnoma” asarining tarixiy hamda badiiy ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

       Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Navoiy va Bobur g‘azallari ifodali o‘qildi, adabiy-badiiy chiqishlar namoyish etildi. Uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi va yoshlar uchun katta ma’naviy taassurot qoldirdi.Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘quvchilarda buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish hamda adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.