Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!

Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!

26.03.2026

foreign

        2026-yil 25-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi hamda JIDU hamkorligida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tadbir milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni yoshlar ongiga singdirish hamda turli xalqlarning madaniyati bilan yaqindan tanishish maqsadida o‘tkazildi. Bayram davomida akademik litsey jamoasi tomonidan Ozarbayjon davlatining boy milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analari keng yoritildi.
        Shuningdek, tadbir doirasida Ozarbayjon milliy taomlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda ishtirokchilar turli xil milliy taomlar bilan tanishish, ularning tayyorlanish jarayonlari haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Rang-barang sahna chiqishlari, milliy kuy-qo‘shiqlar va badiiy ko‘rinishlar bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Ushbu tadbir do‘stlik, hamjihatlik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga xizmat qilib, barcha ishtirokchilarda iliq taassurotlar qoldirdi.