Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

“Barkamol avlod”

“Barkamol avlod”

03.04.2026

foreign

    JIDU akademik litseyi o‘quvchilari “Barkamol avlod” musobaqasida muvaffaqiyat qozondi

   Toshkent shahar  akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Barkamol avlod” sport musobaqalarining milliy kurash turi bo‘yicha Toshkent shahar bosqichida JIDU akademik litseyining   5 nafar o‘quvchisi munosib ishtirok etdi.

    Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 73 kg vazn toifasida 1-kurs IGR2-25 guruh o‘quvchisi Rasulov Akbar yuqori mahorat ko‘rsatib, faxrli   1-o‘rinni egalladi va musobaqaning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, AF2-25 guruh o‘quvchisi Ergashev Firdavs ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.
JIDU akademik litseyi jamoasi g‘olib va sovrindor o‘quvchilarni ushbu yutuqlari bilan samimiy tabriklaydi hamda Respublika bosqichida ularga omad tilaydi.