Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

“Amir Temur – adolat va qudrat timsoli”

“Amir Temur – adolat va qudrat timsoli”

08.04.2026

foreign

       2026-yil 8-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Amir Temur – adolat va qudrat timsoli” mavzusida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

       Mazkur tadbir yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, Amir Temur siymosi va uning boy merosini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.

       Tadbirda Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti tarix kafedrasi o‘qituvchisi, tarix fanlari doktori Xidirova Nargiza Oʻrinovna ishtirok etib, o‘zining mazmunli ma’ruzasi bilan qatnashchilar e’tiborini tortdi. U o‘z nutqida Amir Temurning davlat boshqaruvidagi odil siyosati, markazlashgan kuchli davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlari, shuningdek, uning harbiy san’atdagi noyob strategik yondashuvlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Ma’ruzada, ayniqsa, Sohibqironning “Kuch adolatda” degan g‘oyasi bugungi kun uchun ham dolzarb ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi.

       Tadbirga tashrif buyurgan yana bir faxriy mehmon – Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov bo‘ldi. U tomonidan ijro etilgan badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va ifodali o‘qilgan parchalar tadbirga o‘ziga xos ruh va badiiy joziba bag‘ishladi. 

       Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan Amir Temur merosini chuqur o‘rganish, uni yoshlar ongiga singdirish va bu boradagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish muhim ekani ta’kidlandi.

Ushbu ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv barcha qatnashchilarda katta taassurot qoldirib, ularning milliy g‘urur, ajdodlar merosiga hurmat va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.