13.04.2026
2026-yil 13-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) akademik litseyida O‘zbekiston va Finlyandiya ta’lim standartlari asosida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilariga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.
Mazkur ta’lim loyihasi JIDU akademik litseyi, Finlyandiyaning Kareliya Amaliy fanlar universiteti hamda Xalqaro Nordik universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Tadbir 2026-yilgi bitiruvchilarning erishgan yutuqlarini e’tirof etish va ularga kelajakdagi yo‘llarida muvaffaqiyat tilash maqsadida tashkil etildi.
Tantanali tadbirda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori, S.Safoyev ,Xalqaro Nordik universiteti rektori Sh.Mustafakulov shuningdek, akademik litsey rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi
Qo‘shma dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan 77 nafar o‘quvchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu bitiruv marosimi O‘zbekiston yoshlarining xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishida navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.