Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish — dolzarb masala: akademik litseyda muhim profilaktik tadbir o‘tkazildi

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish — dolzarb masala: akademik litseyda muhim profilaktik tadbir o‘tkazildi

15.04.2026

foreign

        2026 yil 15 aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida “Yoshlar o‘rtasida bezorilik va tan jarohati yetkazish jinoyatlarini oldini olish” mavzusida muhim profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir yoshlar orasida uchrayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy bilim va madaniyatini oshirish, shuningdek, jamiyatda sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura tinglovchisi B.R. Umarov ishtirok etib, o‘zining mazmunli ma’ruzasi bilan qatnashdi. U o‘z chiqishida yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan bezorilik va tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarning asosiy sabablari, ularning kelib chiqish omillari hamda bu kabi holatlarning oldini olish yo‘llari haqida batafsil tushuntirish berdi.
       Ma’ruzachi tomonidan jinoyat sodir etishning huquqiy javobgarligi, uning shaxsiy hayotga va jamiyatga salbiy ta’siri aniq misollar orqali yoritib berildi. Shuningdek, yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlarga jalb etish orqali turli salbiy holatlarning oldini olish mumkinligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ular tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Bu esa tadbirning yanada interaktiv va samarali o‘tishiga xizmat qildi.
Mazkur profilaktik tadbir yoshlarning huquqiy ongini oshirish, ularni turli huquqbuzarliklardan ogoh etish hamda jamiyatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.