04.05.2026
2026-yil 2-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari uchun “Diplomatiyaga ilk qadam litseydan boshlanadi!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirda akademik litseyning yo‘nalishlar, o‘quv jarayonining o‘ziga xos jihatlari hamda 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonining bosqichlari, hujjatlar topshirish tartibi hamda kirish sinovlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, akademik litseyning tajribali va malakali o‘qituvchilari tomonidan turli fanlardan “Mahorat darslari” o‘tkazildi. Ushbu darslar davomida o‘quvchilarga interaktiv metodlar asosida saboq berilib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar amalda namoyish etildi.
“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, unda ishtirok etgan o‘quvchilar va ota-onalarda akademik litsey faoliyatiga nisbatan katta qiziqish va ishonch uyg‘otdi.