06.05.2026
2026-yil 5–6-may kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi o‘quvchilari 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G'alaba bog'i hamda Shon-sharaf muzeyiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida o‘quvchilar yurtimiz tarixida muhim o‘rin tutgan Ikkinchi jahon urushi yillari, xalqimizning jasorati, fidoyiligi hamda tinchlik va osoyishtalikning qadr-qimmati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Muzey eksponatlari va tarixiy lavhalar yoshlarning Vatanga muhabbat, ajdodlar xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Shuningdek, tashrif jarayonida rus tili fani o‘qituvchilari S. Yogorova hamda D. Nazirxonova tomonidan ochiq dars tashkil etildi. Dars davomida o‘quvchilar tarixiy obidalar va muzey eksponatlari asosida rus tilida suhbatlashish, fikr almashish hamda mustaqil mushohada yuritish ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar.
Mazkur tashrif o‘quvchilarning tarixiy xotira, milliy qadriyatlar va ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.