10.10.2026
2026-yil 9-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida o‘quvchilarning ruhiy barqarorligini mustahkamlash, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda hissiy holatlarni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida «Xavotirdan ishonch sari: ichki barqarorlik uchun psixologik vositalar» mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
Tadbir litsey Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi D. Yuldasheva va litsey psixologi M. Sultonova tomonidan tashkil etildi.
Treningga taklif etilgan professional psixolog, Toshkent shahar «Ma’rifat» targ‘ibot guruhi rahbari, «Iffatli kelin» NTM asoschisi Karimova Barno Patxullayevna o‘quvchilar bilan amaliy mashg‘ulot olib bordi.Trening davomida o‘quvchilarga xavotirli vaziyatlarda o‘zini boshqarish, stressni yengish, ichki xotirjamlikni saqlash, ijobiy fikrlash va o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Amaliy mashqlar va interaktiv usullar yordamida o‘quvchilarning o‘z his-tuyg‘ularini anglash, ruhiy muvozanatni saqlash hamda kundalik hayotda uchraydigan turli vaziyatlarga oqilona yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur trening o‘quvchilarning psixologik bilimlarini oshirish, ularning ma’naviy-ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash hamda akademik litseyda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qildi.