Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Joriy yilning 24-mart kuni JIDU akademik litseyida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

24.03.2023

foreign

  Tadbirda akademik litsey tarix fani o‘qituvchilari M.Nurmuxamedov va S.Boltayev  “Yangi O‘zbekistonda yangilanayotgan Konstitutsiya” mavzusida taqdimot o‘tkazdilar.

  Taqdimot orqali Qonun loyihasining mazmun-mohiyati va unga kiritilayotgan yangi normalarning ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi. 

  Yangilanayotgan konstitutsiyada inson huquq va erkinligi ustuvorligi, aholining ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlanishi haqidagi normalar yanada mustahkamlanayotgani ta’kidlandi. 

  Tadbirda shular xususida so‘z borar ekan, xususan, Konstitutsiyaviy qonun loyihasida ta’lim olish huquqi va imkoniyati ham kengaytirilib,  o‘qituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘lishi bo‘yicha ham normalar kiritilganligi alohida e’tirof etildi.

  Xususan, oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik berilishi, tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olinishi, nodavlat ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risidagi qoidalar yosh avlod hayotini yaxshilash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy mutaxassisliklarni egallagan holda hayotda o‘z o‘rnini topishi va shaxsiy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi.