Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi
Xorijiy tillar kafedrasi faoliyati
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi xorijiy tillar kafedrasi 2000–2001-o‘quv yilida faoliyatini boshlagan. Kafedraning asosiy maqsadi o‘quvchilarning xorijiy tillarni chuqur o‘rganishga, chet tillar orqali jahon adabiyotining nodir namunalariga qiziqishini kuchaytirishga, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy dunyosi va adabiy-estetik didini rivojlantirishga, shuningdek mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Xorijiy tillar kafedrasida chuqurlashtirilgan holda ingliz va nemis tillari, ikkinchi xorijiy til sifatida fransuz tili o‘qitiladi. 2022–2023-o‘quv yilidan boshlab ijtimoiy–gumanitar fanlar yo‘nalishida ikkinchi xorijiy til sifatida arab tili joriy etildi.
2000–2025 yillarda kafedra rahbarlari:
1. Nikiforova Nadejda Nikolayevna – ingliz tili o‘qituvchisi, 2000–2014 yillarda kafedra mudiri
2. Shoyupova Kamola Abdukarimovna – ingliz tili o‘qituvchisi, 2014–2016 yillarda kafedra mudiri
3. Gorlova Yelena Viktorovna – ingliz tili o‘qituvchisi, 2014–2018 yillarda kafedra mudiri
4. Ro‘ziyeva Qunduz – ingliz tili o‘qituvchisi, 2014–2018 yillarda kafedra mudiri
5. Mannonova Shahnoza Inomjonovna – ingliz tili o‘qituvchisi, 2020-yildan kafedra mudiri
6. Zakirova Nargiza – nemis tili o‘qituvchisi, kafedra mudiri
7. Tursunboyeva Surayo Abdumajitovna – ingliz tili o‘qituvchisi, kafedra mudiri
Shuningdek, kafedrada faoliyat yuritgan o‘qituvchilar:
Nemis tili: Sharipova Mohira, Hafizov G‘ayrat, Xushmurotov Doniyor
Hozirda kafedra o‘qituvchilari:
Ingliz tili: Normo‘minova Nodira Suyarqulovna, Mannonova Shahnoza Inomjonovna, Sanayev Mirzoxid Erkinovich, Tursunboyeva Surayo Abdumajitovna, Hamroyeva Dilshoda Hamza qizi, Naraliyeva Nazokathon Mukhiddinkhon qizi, Yuldosheva Dilbarxon Saydaxmedovna, Khalimova Dilshunos Zokhidjon qizi, Zoitova Sadoqat Rahmat qizi, Sheraliyeva Firuza Bakhodirovna, Akhmatov Abror Shukhrat o‘g‘li, Mahmudjonova Diyorahon Khayotjon qizi, Nurullayeva Zumrad Fakhriddin qizi, Agzamova Dilzoda Dilshod qizi, Otanazarova Umida Odiljon qizi, Yerkebayeva Madina Davranbek qizi
Nemis tili: Zakirova Nargiza Djurayevna, Ganiyeva Zabarjadhon Valijon qizi, Makhmudov Zayniddinkhoja Mukhiddin o‘g‘li, Temirova Guzal Saydirakhmonovna
Fransuz tili: Faylyasova Diana Salavatovna
Arab tili: o‘quvchilarga bilim bermoqdalar
Kafedra o‘qituvchilari chet tilini bilish bo‘yicha milliy (CEFR) va xorijiy (IELTS va boshqa) sertifikatlariga ega.
Ushbu kafedra o‘qituvchilari ta’lim-tarbiya sohasida ko‘plab yutuqlarga erishgan; o‘quvchilar respublika fan olimpiadalari va tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan.
Germaniyaning Gyote instituti bilan “Maktablar: kelajak hamkorligi” loyihasi orqali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, natijada o‘quvchilar nemis tilini chuqur o‘rganib, turli tanlovlarda muvaffaqiyatga erishmoqda.
Kafedra faoliyatidan lavhalar
Xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili fani oʻqituvchisi Nodira Normuminovaning 2022-yil 11-noyabr kuni 1-kurs AFR1-22 gurihida «Global warming» mavzusida o‘tkazilgan ochiq darsidan lavhalar

Xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchisi Hilola Olimovaning 2022-yil 14-noyabr kuni 1-kurs AF2-22 gurihida «Tourism» mavzusida o‘tkazilgan ochiq darsidan lavhalar

Xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili fani oʻqituvchisi Irodaxon Rustamovaning 2022-yil 15-noyabr kuni 2-kurs AF1-21 gurihida «Holiday and tourism» mavzusida o‘tkazilgan ochiq darsidan lavhalar
Xorijiy tillar kafedrasi nemis tili fani oʻqituvchisi Kasimova Nozimaning 2022-yil 18-noyabr kuni 1-kurs AF2-22 gurihida “Ich brauche einen Bleistift” mavzusida oʻtkazilgan ochiq darsidan lavhalar

Xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili fani oʻqituvchisi Dilbar Yuldashova Saidahmedovnaning 2022-yil 30-noyabr kuni 1-kurs AFR2-22 gurihida «Money» mavzusida o‘tkazilgan ochiq darsidan lavhalar

Xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili fani oʻqituvchisi Kupalova Barnoning 2022-yil 9-dekabr kuni 1-kurs IG2-22 guruhida “Dream job” mavzusida oʻtkazilgan ochiq darsidan lavhalar

Xorijiy tillar kafedrasi nemis tili fani bosh o‘qituvchisi Zakirova Nargizaning 2022-yil 12-dekabr kuni 2-kurs AFR2-21 gurihida “Wohnsituationen” mavzusida o‘tkazilgan ochiq darsidan lavhalar

Xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili fani oʻqituvchisi Shahnoza Mannonova Inomjonovnaning 2022-yil 13-dekabr kuni 1-kurs AF3-22 gurihida «Money» mavzusida o‘tkazilgan ochiq darsidan lavhalar

Xorijiy tillar kafedrasi nemis tili fani o‘qituvchisi Kamola Umarovaning 2022-yil 14-dekabr kuni 2-kurs AF6-21 guruhida “Unter Kollegen” mavzusida o‘tkazilgan ochiq darsidan lavhalar

Xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchisi Benazir Toxriyaning 2022-yil 22-dekabr kuni 1-kurs AFR4-22 gurihida «Tourism» mavzusida o‘tkazilgan ochiq darsidan lavhalar

Xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili fani oʻqituvchisi Yumakayeva Alfiyaning 2022-yil 23-dekabr sanasida 1-kurs IGR1-22 guruhida “Crimes and criminals” mavzusida oʻtgan ochiq darsidan lavhalar
