Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Tillar kafedrasi

Tillar kafedrasi

foreign

Kafedra haqida

Rus tili va adabiyoti kafedrasi 2005 yilda tashkil etilgan boʻlib,  aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishlarining oʻziga xos xususiyatlariga eʼtibor qaratgan holda rus tili oʻqitishning samarali usullari, vositalarini izlash ustida faol ishlamoqda. Shuningdek, rus tilini ona tili va chet tili sifatida kengaytirilgan va chuqurlashtirilgan holda oʻrgatish kafedraning ustuvor vazifalaridan biridir.

Kafedra ishlarini tashkil etishda Isakova Zemfira Ismoilovnaning hissasi katta.

2000-2020 yillarda kafedraga quyidagi oʻqituvchilar rahbarlik qilgan:

1.   Isakova Zemfira Ismoilovna-2005-2014-yillarda kafedra mudiri.

2.   Nazarova Gulnoza Karimovna-2014-2018-yillarda kafedra mudiri.

3.   Nazirxanova Dildora Ne`matjanovna-2018-2020-yillarda kafedra mudiri.

Kafedra oʻqituvchilari tomonidan "Akademik litseylarga kiruvchi abituriyentlar uchun testlar toʻplami” (S.Yadgarova), "Oʻquv tili rus boʻlmagan  guruh oʻquvchilarning nutqini rivojlantirish uchun matnlar" (O.Ismoilova), "Oʻquv tili rus boʻlmagan guruhlarning 1-kurs oʻquvchilari uchun adabiy oʻqish boʻyicha testlar toʻplami" (S.Yadgarova), “Tinish belgilari boʻyicha metodik qoʻllanma" (G.Nazarova), "Lugʻat va frazeologiya" uslubiy qoʻllanmasi (D.Nazirxanova), "Rus tili fanidan joriy nazorat uchun testlar toʻplami" (M.Izatullayeva, G.Nazarova), "Rus tili darslarida muammoli vaziyatlarni yaratish orqali talabalar faoliyatini faollashtirish" (M.Izatullayeva, G.Nazarova), 2-kurs talabalari uchun rus adabiyoti boʻyicha matnlar toʻplami (S.Yadgarova tomonidan tuzilgan) tayyorlangan.

Kafedra oʻqituvchilari muntazam ravishda oʻzlarining kasbiy mahoratini oshirish ustida ishlamoqdalar: ular PDA kurslarini oʻtaydilar, treninglar va seminarlarda qatnashmoqdalar.

Shuningdek, kafedrada rus tili va adabiyoti fan olimpiadasiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Litseyimiz oʻquvchilari turli yillarda shahar va respublika olimpiadalarida ishtirok etib, sovrinli o'rinlarni egallashdi,jumladan, S. Yadgarova  tayyorlagan M.Aliyeva Respublika olimpiadasi gʻolibi, G.Aliyeva, A.Qodirov, X.Baxtiyarova, S.Allambergenova rus tili boʻyicha fan olimpiadasining  shahar bosqichida gʻolibi boʻlgan.

Har yili kafedra oʻqituvchilari “Xotira va qadrlash kuni”, oʻqituvchilar va murabbiylar kuniga bag'ishlangan litsey bayramlarini oʻtkazishda bosh-qosh boʻlganlar.

 

Hozirgi kunda kafedrada uchta oliy toifali oʻqituvchilar–S.Z.Yadgarova, I.Sh.Mavzyudova, D.N.Nazirxonova, Kabulov T.A. faoliyat koʻrsatmoqda. 

Kafedra faoliyatidan lavhalar