Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi umumta’lim kafedrasi tarkibiga kimyo, biologiya, geografiya, fizika, jismoniy tarbiya va chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (CHQBT) fanlari kiradi.
Tabiiy fanlar kafedrasi (2005 yilda tashkil topgan) faoliyati o‘quvchilarda tabiiy, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, tirik tabiatga nisbatan ijodiy fikr yuritish va tabiatni asrashda javobgarlik tuyg‘usini uyg‘otishga yo‘naltirilgan. Kafedra faoliyatini shakllantirishda oliy toifali ustozlar: Sh. Yahyayeva, V. Rafiqov, M. Nazrullaeva, katta o‘qituvchilar: N. Oripova, S. Ruziyeva hissasi katta bo‘lgan.
Ular tomonidan yaratilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, jumladan:
“Fizikadan masalalar to‘plami” (Oripova N., 2018)
“Kimyo fanidan amaliy mashg‘ulotlar to‘plami” (Yahyayeva Sh., 2019)
“Biologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari daftari” (Nazrullaeva M., 2021)
tirik tabiatni bilish, hodisalarni tahlil qilish va amaliy faoliyatda foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi va keng qo‘llanildi.
Hozirgi vaqtda tabiiy fanlar kafedrasida 1 ta oliy toifali ustoz (Tadji-Aglayeva S.) va 1 ta yosh mutaxassis (Umarova G.) faoliyat olib bormoqda. Barcha o‘qituvchilar dars jarayonida interfaol uslublardan foydalanadilar, tabiiy fanlarni zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘lab, ilmiy faoliyat olib boradilar. 2022 yilda “Fizika fanidan masalalar to‘plami” uslubiy qo‘llanmasi o‘zbek va rus tillarida chop etildi (Tadji-Aglayeva S., 2022).
Tabiiy fanlar kafedrasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar ham olib boriladi. Jumladan, o‘quvchilar “Tabiat muzeyi”, “Hayvonot bog‘i”, “Planetariy”ga ekskursiyalarda ishtirok etadilar.
Jismoniy tarbiya va chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (CHQBT) kafedrasi 2000–2020 yillarda alohida kafedra sifatida, 2020-yildan umumta’lim fanlar kafedrasi tarkibida faoliyat olib bormoqda. Kafedraning asosiy maqsadi: o‘quvchilarning jismonan sog‘lom va barkamol bo‘lishi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport va jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishga chaqirish, vatanparvarlik hissini kuchaytirish.
2000–2025 yillarda kafedra rahbarlari:
1. Musayev Bahodir – jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, 2000–2010 yillarda kafedra mudiri
2. Nurmetov Sa’dulla – harbiy rahbar, CHQBT o‘qituvchisi, 2010–2016 yillarda kafedra mudiri
3. Shodmonov Jamshid – jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, 2016–2019 yillarda kafedra mudiri
4. Tadji-Aglayeva Saida – fizika fani o‘qituvchisi, kafedra mudiri
Kafedra faoliyatidan lavhalar